Chorshanba, 24.04.2024
SERGELI TIBBIYOT KOLLEJI
Sayt menyusi
Qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Kalkulyator
Sergeli tibbiyot kolleji Axborot-resurs markazi

 

      O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to`g`risida"gi qaroriga asosan Sergeli tibbiyot kolleji kutubxonasi "Axborot-resurs markazi" 2006 yili tashkil etilgan. Bektemir tumanidagi 1-son kutubxonasi kollej tasarrufiga o`tgan. Sergeli tibbiyot kollejining Axborot-resurs markazida hozirgi kunda 26848 ta kitob fondi mavjud. Sergeli tibbiyot kollejining Axborot-resurs markazida shtat jadvali bo`yicha 12 nafar hodim bo`lib, ular Sergeli tumani aholiga, kollej o`qituvchi va o`quvchilariga hamda xodimlariga xizmat ko`rsatadi. Axborot-resurs markazida 30 o`rinli qiroatxona mavjud. Kitoblar abonement orqali rasmiylashtirilgan holda beriladi. Axborot-resurs markazida 6 ta kompyuter, 1 ta printer, 1 ta skaner va 1 ta nusxa ko`chirish apparatlari mavjud.


O`quvchilarning kutubxonadan foydalanishi, kutubxonalarning gazeta va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlanganligi yuzasidan:



       Axborot-resurs markaziga 1600 nafar kitobxon a'zo bo`lib, shundan 150 nafari kolleji pedagog xodim va xizmatchilari, 1422 nafar o`quvchilar, 28 nafar shu xudud aholisini tashkil etadi. Hozirgi vaqtga kelib ARMning jami kitob fondi 26848 nusxa adabiyotni tashkil etadi, ulardan 9387 tasi umumta'lim fanlari, 11082 tasi maxsus fanlar, 3522 tasi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy ommabop, lug`at va ensiklopediyalardan iborat, 2857 tasi badiiy adabiyotlardir. Axborot-resurs markaziga 18 nomdagi gazeta va jurnallarga obuna qilingan.
 

E.Mail stk.uz@inbox.ru / Sh.Rasulov © 2024