Sergeli tibbiyot kolleji
TARIXI
Sergeli tibbiyot kolleji 1984 yil 31 iyunda
Temir yo'llari Vazirligining № 9223350-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan.
O'zbekiston
Respublikaning ta'lim to'g’risidagi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to'g’risida”gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
13 may 203-sonli qarori, "O'zbekiston Respublikasida umumiy ta'limni qayta
tashkil etish to'g’risida”gi qarori asosida Toshkent shahar hokimiyatining 2002
yil 18 yanvardagi 25-sonli qarori hamda Sergeli tuman hokimiyatining 2001 yil 1
martdagi 192-sonli qaroriga asosan Davlat ro'yxatiga olingan. 2002 yil 29 mart
260-sonli qaroriga asosan Sergeli tibbiyot bilim yurti deb e'lon qilingan. Sergeli
tibbiyot bilim yurti Sergeli tumani Qo'yliq 5 mavzesida joylashgan bo'lib, sobiq
252-maktab binosi.
2004 yildan Sergeli tibbiyot kolleji deb
nomlandi.
Kollej 2009
yilda kapital ta'mirdan
chiqarildi. Kollejda o'quvchilarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 3 ta
kompyuter xonasi, Kimyo, Fizika, Biologiya xonalari va laboratoriyasi hamda
mutaxassislik fan xonalari kerakli barcha jixozlar bilan ta'minlangan
ARMda 7 ta
kompyuter mavjud , "ZIYO NET” axborot tarmog’iga ulangan 30
o'rinli o'quv zali bor
|